Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya ayol harbiylari Chimyondagi tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashdi

Milliy gvardiya ayol harbiylari Chimyondagi tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashdi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalarida xizmat qilayotgan bir guruh ayol harbiy xizmatchilar Chotqol tog‘ tizmasining Chimyon tog‘ bag‘irlarida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot qatnashchilari uch kun davomida havo harorati 4-6 daraja bo‘lgan tog‘ sharoitidagi og‘ir holatlarda bardoshlilik, aholiga tezkorlik bilan yordam berish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini hamda jangovar harakatlarni bajarish tajribasini oshirishga qaratilgan vazifalarni bajardilar, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Ayollar dengiz sathidan 2500 metr balandlikda joylashgan o‘quv mashg‘ulot maydonchasida chang‘i uchish va o‘q otish tayyorgarligi, qoyalar va tabiiy tog‘ to‘siqlaridan o‘tish mashqlarini bajarishdi.

«Harbiy xizmatchilar bu kabi aniq va mukammal harakatlanishni talab etadigan vazifalarni bajarish chog‘ida, duch kelish ehtimoli bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etishning bir qator usul va uslublarini amaliyotda sinab ko‘rdilar. Chang‘i uchish mashqlari ayol harbiy xizmatchilarda uzoq masofalarga qisqa muddatda yetib borish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam bergan bo‘lsa, qorli hududda o‘tkazilgan o‘q otish tayyorgarligi esa yaqin va uzoq masofalardan aniq nishonga olish ko‘nikmasini mustahkamladi»,-deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring