Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirabror Usmonov vafot etdi

Mirabror Usmonov vafot etdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi.

71 yoshli Mirabror Usmonov 12 mart kuni reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi. U o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq xastalik sabab kasalxonaga yotqizilgandi. Bugun, 15 mart kuni u hayotdan ko‘z yumdi.

Mirabror Zufarovich Usmonov 1947 yil 4 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U 2013 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti sifatida ishlagan.

Mirabror Usmonov 1995 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maqtov yorlig‘i, 2006 yilda «O‘zbekiston mustaqilligiga 15 yil» esdalik nishoni, 2012 yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan. 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring