Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi innovatsion pillaxona bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Termizdagi innovatsion pillaxona bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyatiga borgan edi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini Termiz tumanidagi «Inter Silk Pro» qo‘shma korxonasiga qarashli pillaxona bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Xitoy texnologiyasi asosida innovatsion usulda pilla yetishtirilib, qayta ishlash tarmoqlariga yetkazib berilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu yerning o‘zida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, issiqxonalar, anorzorlar, yong‘oqzorlar, intensiv bog‘ va tokzorlar, kovrak va pista plantatsiyalari, baliqchilik va parrandachilik komplekslari tashkil etish, yer o‘lchashda uchuvchisiz aviatsiya tizimidan foydalanish kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat rahbari mazkur loyihalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring