Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik kinoijodkorlar Mirzo Bobur haqida tarixiy filmni suratga olishadi

Hindistonlik kinoijodkorlar Mirzo Bobur haqida tarixiy filmni suratga olishadi

Foto: «O‘zbekkino» MA

Hindistonning «Emmay Entertainment» prodyuserlik kompaniyasi va «StarTV» telekanali shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekkino» MA axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, buyuk shoir, mohir sarkarda va davlat arbobi Mirzo Bobur va boburiylar (Humoyun, Akbar, Jahongir, Avrangzeb) haqidagi ushbu kartina ko‘p qism — 6 fasldan iborat tarixiy film bo‘lishi kutilmoqda.

«Emmay Entertainment» kompaniyasi vakillari filmning ma’lum qismlarini, xususan, Boburning bolalik hamda Samarqand va Kobul shaharlaridagi hukmronlik davrlariga oid sahnalarni aynan O‘zbekistonda tasvirga olishga qiziqish bildirishmoqda.

Ushbu masala yuzasidan muzokaralar o‘tkazish maqsadida hindistonlik kinoijodkorlarning joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring