Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MMA jangchisi o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi (video)

MMA jangchisi o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi (video)

Foto: «MMAjunkie»

MMA aralash usullar jangchisi Jared Bruks navbatdagi jangida o‘zini-o‘zi nokaut qilib qo‘ydi. Ushbu holat videosi global tarmoqda tarqaldi.

Jangda Bruks raqibi Torresni yelkasiga ko‘tarib oldi va uni yiqitayotganida muvozanatini saqlay olmadi. Natijada ikkisi ham birdek quladi. Noqulay yiqilishi natijasida Bruks o‘ziga kela olmadi. Hakam esa Torresning nokaut bilan g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Ushbu jangdan so‘ng Bruks hisobida 13 g‘alaba va ikki mag‘lubiyat bor. Torres esa mag‘lubiyat alami nimaligini bilmaydi — Bruks ustidan qozonilgan g‘alaba ketma-ket sakkizinchisi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring