Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada baland musiqa dahshatli fojiaga sabab bo‘ldi

Moskvada baland musiqa dahshatli fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: Tripster.

Rossiya poytaxti Moskvaning shimoli-sharqida joylashgan Sviblovo tumanida mahalliy fuqaro baland musiqa tufayli qo‘shnisining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda "Moskva" axborot agentligi poytaxt prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Kolskaya ko‘chasidagi turar-joy binosida 37 yoshli erkak uyida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Birdan qo‘shnilarining xonadonidan kelayotgan musiqa uni bezovta qila boshladi. 

"Musiqani o‘chirishni so‘ragani bordim va mojaro yuzaga kelishini kutgan holda o‘zim bilan ikkita oshxona pichog‘ini oldim, ular bilan qo‘shnilar xonadonining eshigiga yaqinlashdim. Ikki qo‘limda pichoq bor edi", - deydi erkak ko‘rsatmasida. 

Boshqarmaning xabar berishicha, qo‘shni xonadon ostonasida fuqarolar o‘rtasida mojaro boshlangan. Natijada qo‘lga olingan shaxs o‘ziga eshikni ochgan shaxslarga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jabrlanganlar tibbiy muassasaga yetkazilgan, yaradorlardan biri vafot etgan. 

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ko‘rsatma bergan. Prokuratura uni jinoiy javobgarlikka tortishni nazoratga oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring