Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadagi xonadonlardan birida «maugli qiz» topildi

Moskvadagi xonadonlardan birida «maugli qiz» topildi

Foto: «Vesti.ru»

Moskvadagi xonadonlardan birida qarovsizlik, ochlik va charchoqdan sillasi qurigan besh yoshli Lyuba ismli qiz topildi. Bu haqda «Vesti.ru» xabar berdi.

Rossiya poytaxtidagi Luningradskiy shosse ko‘chasida joylashgan axlat bilan to‘la kvartirada ust-boshi kir holda topilgan bola zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qo‘shnilarining aytishicha, Lyuba umuman ko‘chaga chiqmay qo‘ygani va xonadondan noxush hid paydo bo‘lganidan so‘ng ularda shubha paydo bo‘lgan. Biroq qizchaning onasi noxush hidni kanalizatsiya trubasidagi muammo bilan bog‘liq deb bahona qilgan.

Foto: «Vesti.ru»

Qo‘shnilar qizcha vaqti-vaqti bilan yig‘lashini eshitgani uchun politsiyani chaqirtirishgan. Politsiya kvartiraga buzib kirgan.

Qizning onasi 45 yoshli Irina Garashenko kvartiraga ertasi kuni kelgan va u qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring