Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaning Farg‘ona ko‘chasida favqulodda vaziyat yuzaga keldi

Moskvaning Farg‘ona ko‘chasida favqulodda vaziyat yuzaga keldi

Foto: «Kp.ru»

Moskvadagi Farg‘ona ko‘chasining bir qismida yer cho‘kishi yuz berdi. Shu munosabat bilan bugun, 15-yanvar kuni mazkur ko‘chada transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Moskva hukumati yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, Farg‘ona ko‘chasining akademik Skryabin ko‘chasiga tutash qismidan Surskiy tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ta’mirlash munosabati bilan vaqtincha yopildi.

«Farg‘ona ko‘chasida qatnovni tezroq yo‘lga qo‘yish uchun shahar tegishli xizmatlari bor imkoniyatlarini ishga soladi», — deyiladi yo‘l harakatini tashkil etish markazi matbuot xizmati «Twitter»dagi mikroblogida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring