Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganlik olim AQShning nufuzli mukofotiga loyiq ko‘rildi

Namanganlik olim AQShning nufuzli mukofotiga loyiq ko‘rildi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Janubiy Koreyaning «Yonnam» universiteti professori, namanganlik yosh iqtidorli olim Alisher Dadaxanov AQShning nufuzli «Marquis» noshirlik uyining xalqaro Albert Nelson Markuis nomidagi «Marquis Who‘s Who in the World» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

«Marquis Who‘s Who in the World» — qisqacha tarjimai hollarni o‘zida mujassam qilgan AQShning qator kataloglar nashri hisoblanadi. Mazkur katalogdan dunyodagi biznes, yurisprudensiya, fan, tibbiyot, san’at, boshqaruv va shu kabi boshqa sohalarning yuqori malakali yetakchi mutaxassislari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Alisher «Yonnam» universiteti bo‘yicha har smestr oxirida talabalar tomonidan professsor-o‘qituvchilarning dars berish mahoratini baholash reytingi ko‘rsatkichida 885 nafar professor-o‘qituvchi o‘rtasida ta’lim berish bo‘yicha eng kuchli 5 foizlik professorlar qatoridan o‘rin oldi.

Ma’lumot uchun, u Toshkent davlat sharqshunoslik instutini bitirib, so‘ngra Janubiy Koreyaning «Yonnam» universitetida «Biznes boshqaruvi» yo‘nalishida tahsil oldi hamda magistr darajasiga ega bo‘ldi. Magistraturani tamomlagach, Alisher o‘zi o‘qigan universitetda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tarzda yoqlab, 30 yoshida falsafa doktori darajasiga sazovor bo‘ldi.

Alisher o‘zi yosh bo‘lishiga qaramasdan, hozirda 3 nafar doktorant, 4 nafar magistr talabalarga murabbiy sifatida ilmiy rahbarlik qilmoqda. U shogirdlariga o‘zining ilmiy tajribasi orqali biznes boshqaruvida ilmiy maqola va dissertatsiyalar yozish sirlarini o‘rgatmoqda.

Ayni kunlarda u Namangan muhandislik-qurilish institutining «Menejment» fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro biznes va menejment sohasi bo‘yicha innovatsion g‘oyalar mavzuida onlayn tarzida dars o‘tishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring