Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NASA» o‘zga sayyoralar «ovchisi»ni ishga tushirdi

«NASA» o‘zga sayyoralar «ovchisi»ni ishga tushirdi

Foto:«Reuters»

Ekzosayyoralarni qidirish va ularning atmosferasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi «TESS» (ingl. Transiting Exoplanet Survey Satellite) orbital observatoriyasi kecha, 16-aprel kuni ishga tushirildi. Qurilma olimlarga o‘zlari tegishli bo‘lgan yulduzlar hududida joylashgan, hayot kechirish uchun yaroqli bo‘lgan tog‘li sayyoralarni topishda yordam beradi. Bu haqda «Science Alert»ga tayanib, «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

Nashrning yozishicha, «NASA»ning yangi kosmik teleskopi Quyoshga nisbatan yaqin bo‘lgan 200 minglab yorqin yulduzlarni kuzatadi. Uning yordamida olimlar astronomik tranzitlar — sayyora yoki shu kabi yirik jism o‘zi atrofida aylanadigan yulduzni to‘sib qo‘yishi holatlarini kuzatib borishni rejalashtirgan. Tranzit usuli sayyoraning o‘lchami, zichligi va tarkibini aniqlashda qo‘l keladi.

«TESS» 6,5 metr diametrli ko‘zguga ega bo‘lib, bu unga «Hubble Space Telescope»dan ko‘ra ko‘proq yorug‘lik yig‘ish imkonini beradi. Shunday qilib, «TESS» o‘zlari tegishli bo‘lgan yulluzlardan ancha uzoq masofada joylashgan, suv va tirik organizmlar bo‘lgan ekzosayyoralarni topish imkoniga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring