Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Trampdan Eronga hujum qilishni so‘radi — Axios

Netanyahu Trampdan Eronga hujum qilishni so‘radi — Axios

Foto: Euronews

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Axios nashrining xabar berishicha, ikki yetakchi AQSh-Eron muzokaralarining holati va harbiy harakatlarning qayta boshlanishi ehtimolini muhokama qilishgan. Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri o‘z hamkasbini Eronni bombardimon qilishni davom ettirishga undamoqda.

Tramp hozirda muzokaralarga imkoniyat berishga moyil — bu Netanyahuni tashvishga soladigan yondashuv, deb xabar beradi nashr manbalari.

Axios’ning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti bir vaqtning o‘zida ikkita strategiyaviy yo‘nalishni amalga oshirmoqda: Eron bilan muzokaralarni qayta boshlashga harakat qilish va bir vaqtning o‘zida harbiy harakatlarni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rish. Nashr xabar berishicha, Tramp «Epik g‘azab» operatsiyasidan oldin ham xuddi shunday yo‘l tutgan.

​O‘tgan oy Amerika ommaviy axborot vositalari AQSh Eronga qarshi «qisqa, ammo shiddatli» harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berishgan. CNN xabariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlari «buyruqni olganidan keyin 96 soat ichida» Eronga qarshi «potensial yirik» operatsiyalarni boshlashga tayyor bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring