Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nima uchun Orolda qilingan ishlarni Toshkentda amalga oshira olmaymiz? — Mirziyoyev «yashil hudud»lar haqida

Nima uchun Orolda qilingan ishlarni Toshkentda amalga oshira olmaymiz? — Mirziyoyev «yashil hudud»lar haqida

Foto: Xabar.uz

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkentda saylovchilar bilan uchrashdi. Amaldagi davlat rahbari poytaxtda yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

— Bir masalaga e’tibor bering. Toshkentda havoda chang miqdori belgilangan me’yorlardan 2 barobar ko‘p.

Shu bois, qurilish maydonlarida changni bostiruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar keng joriy qilinishi shart va zarur bo‘ladi.

Endi, shaharda “yashil hudud”larni ko‘paytirish, ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. Orolda shuncha daraxt ekdik, nima uchun u yerda qilgan ishni Toshkentda amalga oshira olmymiz? — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi yilda Toshkentdagi har bir tumanda sayilgoh hamda shahar bo‘yicha 25 ta «yashil hudud» va alleyalar tashkil etiladi.

Shahar hududidan oqib o‘tuvchi 28 ta kanalning 111 kilometr qirg‘oqlari mustahkamlanadi va sayilgohlar tashkil etiladi.

Shuningdek, poytaxtning 60 kilometr kanal bo‘ylari, 250 kilometr piyoda yo‘laklari atrofiga manzarali daraxtlar ekiladi.

Toshkent katta halqa yo‘lining atrofida manzarali daraxtlar ekilib, ixotazorlar tashkil etish orqali «yashil belbog‘» yaratiladi hamda piyoda va veloyo‘laklar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring