Nobel mukofotini topshirish marosimi va ziyofat bekor qilindi
![Nobel mukofotini topshirish marosimi va ziyofat bekor qilindi](http://static.xabar.uz/crop/2/0/920__95_2073400619.jpg)
Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli Nobel qo‘mitasi Stokgolmdagi an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimini bekor qilishga qaror qildi, deyiladi tashkilotning seshanba kuni taqdim etgan press-relizida.
«Stokgolm filarmoniyasida an’anaviy Nobel mukofotini topshirish marosimi va boshqarmadagi an’anaviy ziyofat bu yil bekor qilindi. Uning o‘rniga boshqarmadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya tashkil etilib, nomzodlar diplom va medallar bilan taqdirlanadi», — deyiladi xabarda.
An’anaviy mukofotni topshirish marosimi har yili 10-dekabr kuni Stokgolmda o‘tkaziladi. G‘oliblarga mukofotni shaxsan Shvetsiya qiroli o‘z qo‘llari bilan topshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter