Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogironlarni chuv tushirgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Nogironlarni chuv tushirgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Piskent tumanida yashovchi I.O. 2012-yil 4-apreldan 2018-yil 1-fevralga qadar Piskent tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan. Shu vaqt mobaynida u 2 nafar fuqaroning jami 21.000.000 so‘m mablag‘ini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Ya’ni O‘zbekiston Prezidentining «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha tumandagi uy-joyga muhtoj fuqarolardan 2 nafariga uy-joy qurib berilishi belgilangan. Uyning boshlang‘ich to‘lovini amalga oshirish uchun 2-guruh nogironi N.K.ning nomiga plastik karta ochilib, unga 2017-yil 11.000.000 so‘m va 2-guruh nogironi O.O. uchun onasining nomiga ochilgan plastik kartaga 10.000.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari uy-joy kreditini shakllantirish uchun tushirib berilgan.

Sobiq tuman hokimi o‘rinbosari I.O. esa ushbu uyga muhtoj fuqarolarning nomiga bankdan omonat hisob raqami ochib, plastik kartalardagi pul mablag‘larini topshirishi lozim edi. Ammo u mansabini suiiste’mol qilib, ushbu plastik kartalardagi mablag‘larni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.

Piskent tuman prokuraturasi tomonidan I.O. nisbatan Jinoyat kodeksining167-moddasi 2-qismi va 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring