Norin tumanida ayanchli hodisa: bir bola vafot etdi
2026-yil 18-fevral kuni soat 08:30 lar atrofida Norin tumanida joylashgan “Umid chirog‘i” kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, hodisa vaqtida transport vositasida 6 nafar bola bo‘lgan. Afsuski, tarbiyalanuvchilardan biri, 2015 yilda tug‘ilgan Sh.X. og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter