Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: «AQSh davlat kotibligiga nomzod Pompeo Kim Chen In bilan maxfiy ravishda uchrashgan»

OAV: «AQSh davlat kotibligiga nomzod Pompeo Kim Chen In bilan maxfiy ravishda uchrashgan»

Foto:«Daily Mail»

Prezident Tramp tomonidan AQSh davlat kotibligiga nomzodi ilgari surilgan Mayk Pompeo  aprel oyining boshida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan maxfiy  ravishda  uchrashgan. Bu haqda «Washington Post» xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, mazkur tashrif pasxa bayrami paytida, Kim Chen In va Tramp o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaraga tayyorgarlikning bir qismi sifatida uyushtirilgan.

Ammo Oq uy va Shimoliy Koreya rasmiylari mazkur xabarni inkor qilgan.

Ayni damda AQSh va KXDR rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ketmoqda. Avvalroq Tramp may oyining  oxirigacha Kim Chen In bilan uchrashishni rejalashtirayotgan edi. Bundan tashqari u uchrashuv iyun oyining boshida tashkil etilishi mumkinligini ham aytgan edi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring