Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oddiy ishchi besh yilda qancha pul jamg‘ara oladi? (infografika)

Oddiy ishchi besh yilda qancha pul jamg‘ara oladi? (infografika)

Infografika: Thealepalombo

O‘rtacha maoshga yashovchi oddiy xodim muayyan shaharda besh yil yashab, soliqlar, uy ijarasi va boshqa hayotiy zarur xarajatlar uchun to‘lovlardan orttirib, qancha mablag‘ jamg‘arishi mumkin?

Numbeo portalining rasmiy statistika ma’lumotlari asosida taniqli iqtisodiy tahlilchi va ma’lumotlar vizualizatori Ale Palombo tomonidan tayyorlangan infografika shu haqda (suratda).

Shveysariya boy, ammo «qimmat» mamlakat deyiladi, shuning barobarida bu mamlakatda pul topish va orttirish imkoniyatlari ham ancha yuqori.

Eng ko‘p pul jamg‘arish mumkin bo‘lgan kuchli o‘ntalik (5 yillik sof jamg‘arma):

  1. Bazel (Shveysariya) — $204 000
  2. Jeneva (Shveysariya) — $200 000
  3. Syurix (Shveysariya) — $174 000
  4. Lozanna (Shveysariya) — $163 000
  5. Shtutgart (Germaniya) — $113 000
  6. Oslo (Norvegiya) — $111 000
  7. Reykyavik (Islandiya) — $110 000
  8. Brisben (Avstraliya) — $108 000
  9. Grats (Avstriya) — $104 000
  10. Pert (Avstraliya) — $102 000

Taqqoslash uchun boshqa katta shaharlar:

  • Sidney (Avstraliya) — $80 000
  • Madrid (Ispaniya) — $13 000
  • Dubay (BAA) — $4 000
  • Gongkong — minus -$11 000 (qarzga kiriladi)
  • Singapur — minus -$18 000 (qarzga kiriladi)
  • Nyu-York (AQSh) — minus -$61 000 (qarzga kiriladi)

Faol ishbilarmonlik markazlari sifatida namuna qilib ko‘rsatiladigan Dubay, Nyu-York, Singapur va Gongkong kabi shaharlarda o‘rtamiyona xodimlar boylik orttirishga umid qilmasa ham bo‘ladi. Bu shaharlarda o‘rtacha ishchi kun kechirish uchun qarzga botib yashashiga to‘g‘ri keladi, deyiladi izohda.

Sharqiy Yevropa, sobiq Ittifoq respublikalari va Osiyo shaharlari ham o‘rtacha xodim uchun yashab pul orttirish nuqtai nazaridan «iqtisodiy jihatdan samarasiz» deya baholangan.

Jamg‘arma qilish uchun eng yaxshi shaharlar Yevropa va Avstraliyada. AQShda esa Sietl va Ostin (Texas shtati), Kanadada — Ottava.

Qiziq fakt: Pert shahrida 5 yilda jamg‘arilgan mablag‘ Madriddagi deyarli 40 yillik jamg‘armaga teng. Gongkong va Singapurda xorijlik mutaxassislar uchun maxsus imtiyozli paketlar mavjudligi sababli u yerdagi asl vaziyat xaritadagidan farq qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring