Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odil Ahmedov Livan va Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynay olmaydi

Odil Ahmedov Livan va Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynay olmaydi

Foto: «Championat.asia»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 11-22-noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Kecha futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkent vaqti bilan soat 21:20da Toshkent—Seul—Brisben yo‘nalishi bo‘ylab Avstraliyaga yo‘l olishdi.

Ektor Kuper shu haftaning boshlarida milliy terma jamoaning Avstraliyaga yo‘l oladigan tarkibini e’lon qilgandi.

Ammo tarkibga kiritilgan uch nafar futbolchi jarohati tufayli Brisbendagi yig‘inda va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bular — terma jamoamiz sardori, yaqinda «Shanxay SIPG» tarkibida Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov hamda «Paxtakor» futbolchilari Farrux Sayfiyev va Jasur Yaxshiboyev.

Demak, Avstraliyaga quyidagi futbolchilar yo‘l olishdi: 

Darvozabonlar:

Ignatiy Nesterov (Lokomotiv)

Eldorbek Suyunov  (Paxtakor)

O‘tkir Yusupov (Qo‘qon-1912)

Himoyachilar:

Anzur Ismoilov (Lokomotiv)

Davron Hoshimov (Navbahor)

Vladimir Kozak (Paxtakor)

Yegor Krimets (Paxtakor)

Akmal Shorahmedov (Paxtakor)

Islom To‘xtaxo‘jayev (Lokomotiv)

Doston Tursunov (Neftchi)

Odil Hamrobekov (Nasaf)

Oleg Zoteyev (Lokomotiv)

Yarim himoyachilar:

Ikrom Aliboyev (Lokomotiv)

Doston Hamdamov (Anji, Rossiya)

Aziz Turg‘unboyev (Navbahor)

Husniddin G‘ofurov (Lokomotiv)

Eldor Shomurodov(Rostov, Rossiya)

Otabek Shukurov  (Sharja, BAA)

Javohir Sidiqov (Qo‘qon-1912)

Jaloliddin Masharipov (Paxtakor)

Hujumchi:

Bikmayev Marat (Lokomotiv)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring