Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin tanga narxi bir haftada 200 mingga oshdi

Oltin tanga narxi bir haftada 200 mingga oshdi

Foto: «cbu.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 26-dekabrdan boshlab tilla va kumush tangalarning yangi narxini e’lon qildi. 

Tangalar sotuvga chiqarilganidan buyon dastlabki ikki haftada uning bahosi 100 ming so‘mdan qimmatlagandi

O‘tgan haftada esa oltin tanganing ham, kumush tanga narxi ham oshmadi. 

Ammo bu haftada oltin tanga biryo‘la 200 ming so‘mga qimmatlashdi. Kumush tanga narxi esa 1000 so‘mga oshdi.

Shu tarzda, 1 oltin tanga – 13,1 mln so‘m, 1 kumush tanga – 244 ming so‘m miqdorida baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring