Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi va shifokorlarni paxta terimiga jalb etgan rahbarlar jazolanadi

O‘qituvchi va shifokorlarni paxta terimiga jalb etgan rahbarlar jazolanadi

Xabar berganimizdek, bugun Vazirlar Mahkamasida 2018 yilgi mavsumda paxta xom ashyosini yig‘ib-terish olish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar berdi.

Yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov bu yilgi paxta mavsumida o‘qituvchi va shifokorlar ishtirok etmasligini alohida qayd etdi.

«O‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar, o‘qituvchilar va shifokorlarni paxta terishga jalb etish taqiqlanadi. Umuman, aholini paxtaga majburlash kerak emas. Har kim xohlasa paxta teradi, xohlasa dam oladi. Bunga qarshilik ko‘rsatganlarga jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Yana bitta narsani alohida aytib qo‘yishim kerak. Hech kimga o‘zi xohlagan hududda paxta terishiga qarshilish ko‘rsatilmaydi. Vodiylik terimchi xohlasa Jizzaxda, vohalik terimchi xohlasa Toshkentda paxta terishi mumkin.

Majburiy mehnat bilan bog‘liq muammolarni Bosh prokuratura, Mehnat vazirligi va tashkilotlar nazoratida bo‘ladi. Bu borada ommaviy axborot vositalarining ham ko‘magiga tayanamiz.

Bu bir yilda hal bo‘ladigan muammo emas. Ayrim hokimlar, rahbarlar necha yillar davomida o‘qituvchi va shifokorlarni dalaga chiqargan, ularsiz paxta terishni hatto tasavvur ham qila olmaydi. Shuning uchun asta-sekin majburiy mehnatga barham beramiz», — deb aytgan Bosh vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring