Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugungi kunda maktab o‘qituvchisining o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Bugungi kunda maktab o‘qituvchisining o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Foto: «Xabar.uz»

Moliya vazirligiga hozirgi vaqtda o‘qituvchilarning oyligi qanchaligi yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. E’tiboringiz uchun, umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi miqdorlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarining malaka toifaga ega bo‘lmagan oliy ma’lumotli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining oylik maoshi 1 133 700 so‘mni, shu toifadagi yuqori sinf o‘qituvchisining oylik maoshi 1 004 547 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 275-sonli qaroriga muvofiq umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga quyidagi qo‘shimcha haq to‘lanadi:

sinf rahbarligi uchun – eng kam oylik ish haqining 100 foizi;

daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun - eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida.

Mazkur qarorga muvofiq umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkalariga:

tarbiyaviy jarayon amalga oshirilishining sifati va samaradorligiga, sinfdan tashqari ishlarga qo‘shilgan aniq shaxsiy hissaga qarab hamda sinfdan tashqari ishlar uchun 15 foizgacha miqdorda;

o‘qitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun 25 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama belgilanadi.

Demak, umumta’lim muassasalari o‘qituvchisining oylik ish haqini yuqorida keltirilgan barcha ustama va qo‘shimchalarning o‘rtacha miqdorini qo‘shgan holda hisoblasak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga 1 618 800 so‘m, yuqori sinf o‘qituvchisiga esa 1 463 816 so‘m oylik hisoblanar ekan.

Ushbu ish haqi miqdorlaridan soliqlar va ushlanmalarni chegirib hisoblasak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1 312 620 so‘m, yuqori sinf o‘qituvchisi 1 195 607 so‘m oylik ish haqi qo‘liga oladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli qaroriga asosan umumta’lim muassasalarining chet-tili o‘qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ularning tarif stavkalariga yana 30 foiz hamda boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz qo‘shimcha haq to‘lanishini ma’lum qilamiz.


O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytidan olindi.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring