Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Viber» asoschilari O‘zbekistonga keladi

«Viber» asoschilari O‘zbekistonga keladi

Foto: «muic.uz»

AQSh, Isroil va Belarusning axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi ekspertlari «Mirzo Ulugbek Innovation Center» taklifiga ko‘ra O‘zbekistonga kelishyapti. Bular orasida «Viber» asoschilari — Marko Talmon va Igor Magazinnik, «Strategeast» kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin hamda AQShning «International Tax and Investment Center» kompaniyasi mintaqaviy direktori Muhit Axanovlar bor.

Tashrif 28-29-may kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi o‘tgan yilning sentyabr oyida AQShga borganida kelishib olingandi.

Ekspertlar  O‘zbekistonga nafaqat tanishish maqsadida kelishyapti, balki amaliy ahamiyatga ega rejalari ham bor:

  • Xususan, ular O‘zbekistondagi soliq qonunchiligi va islohotlari bilan tanishadilar, xalqaro tajriba asosida axborot texnologiyalari jihatidan uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
  • IT-sohada biznesni rivojlantirish bo‘yicha «MUIC» rezidentlariga maslahatlar berish.
  • O‘zbekistonda dunyo bozoridagi eng talab yuqori yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli IT-kurslar ochishni mo‘ljallashyapti.

«Viber» kompaniyasi vakillari, shuningdek, mamlakatimiz axborot texnologiyalari bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritishni rejalashtiryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring