Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ostonada xavfli jinoyatchi tergov izolyatoridan qochib ketdi

Ostonada xavfli jinoyatchi tergov izolyatoridan qochib ketdi

Foto: RIA Novosti

Ostonada sayr vaqtida tergov izolyatoridan qochgan xavfli jinoyatchi qidirilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining Jinoyat ijroiya tizimi qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, yakshanba kuni Ostonadagi tergov izolyatorining hovlisida kunduzgi sayr paytida bir necha bor sudlangan jinoyatchi izolyatordan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab bir qavatli bino tomiga chiqib olgan jinoyatchi to‘siqlardan ham o‘tib ketgan.

Hozir Ostonada qidirilayotgan odam asli Qarag‘anda viloyatidan bo‘lib, ilgari o‘g‘irlik va talonchilikda ayblanib sudlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring