Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan oyda go‘sht narxi oshdi, kartoshka bahosi esa tushdi

O‘tgan oyda go‘sht narxi oshdi, kartoshka bahosi esa tushdi

Foto: kommersant.uz

2018-yilning fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi arzonlagan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Qo‘mita tomonidan tayyorlangan 2018 yil fevral oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektorida inflyasiya darajasi bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, 2018 yilning fevral oyida iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga qimmatlashgan.

Yakunlangan oyda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashgani qayd etilgan. Jumladan, tuxum o‘rtacha 10,5 foizga, shakar 3 foizga, tovuq go‘shti 1,3 foizga, qattiq pishloq va qandolat mahsulotlari 0,1 foizga arzonlashgan.

Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o‘sishda davom etgan. Chunonchi, mevalar orasida ko‘proq olmalarda (6,1 foiz), shuningdek quritilgan mevalarda (4,8 foiz) qimmatlashgan. 

Qovoq bir oyda 10 foizga, pomidor 14 foizga, bodring 11,7 foizga ko‘tarilgan. 

E’tiborlisi, fevral oyida asosiy poliz mahsulotlari – kartoshka 2,7 foizga, piyoz 2,3 foizga arzonlashgan.

Ayni paytda mol va qo‘y go‘shti narxlari 3 foizga, tirik va sovutilgan baliq 7,2 foizga oshgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring