Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek shaxmatchilarining xorijdagi musobaqalardagi ishtirokiga qancha mablag‘ sarflangan?

O‘zbek shaxmatchilarining xorijdagi musobaqalardagi ishtirokiga qancha mablag‘ sarflangan?

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Husan Turdialiyevning ma’lumot berishicha, tashkilot joriy yilda o‘zbek shaxmatchilarining xorijiy musobaqalarda qatnashishi uchun 200 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflagan. Bu haqda Toshkentda ilk marotaba o‘tkaziladigan 6 yoshdan 20 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati munosabati bilan uyushtirilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Shaxmat chempionati joriy yilning 16-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatisyasi, homiy va hamkor tashkilotlar ko‘magida «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida tashkil etilmoqda.

Musobaqalarda G‘arbiy Osiyo mintaqasining 11 mamlakati— Hindiston, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Shri-Lanka, Bangladesh va O‘zbekistondan jami 300 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring