Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston mashinalari — Rossiyadagi eng arzon «inomarka»lar

O‘zbekiston mashinalari — Rossiyadagi eng arzon «inomarka»lar

Foto: «Ravon.ru»

Rossiyadagi eng cho‘ntakbop chet el avtomobillari reytingi e’lon qilindi. «Life.ru» xabarida aytilishicha, bu reytingga narxi 439 ming rubldan boshlanuvchi avtomobillar kirgan. Reytingdagi eng qimmat «inomarka» 491 ming rubl turadi.

O‘ziga xos bu «TOP-5»lik Rossiya avtomobil bozorining iyun oyi holatidan kelib chiqib belgilandi. E’tiborli tomoni, «kuchli beshlik»ning tanho yetakchisi bir necha oydan beri bu mavqeni saqlab turgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan  «Ravon R2» («Spark») bo‘ldi.

«Daily-Motor.Ru» ma’lumotlariga qaraganda kuchaytirilgan benzin dvigatelli, avtomat korobkali ushbu o‘zbek mashinasini rus bozorida 439 ming rublga sotib olish mumkin. Shuning barobarida «Ravon R2» Rossiya bozoridagi avtomatik transmissiyali eng arzon mashina ham sanaladi.

Ikkinchi o‘rin ham o‘zbek avtomobilsozlariga tegishli — «Ravon Nexia» 449 ming rublga sotilmoqda.

Uchinchi o‘rinni xitoyliklar band etishdi: yangi «Brilliance H230»ning bahosi 459,9 ming rubl. Yaponiyaning «Datsun on-DO» mashinasi 461 ming, Xitoyning «FAW Oley» avtomobili 491 ming rublga sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring