Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentining Serbiyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston prezidentining Serbiyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Belgrad shahridagi Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

Prezidentimizning Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlari Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bundan tashqari, ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar to‘plami almashildi.

Mamlakatimiz yetakchisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar.

Rasmiy tashrif yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Toshkentga jo‘nab ketdi.

Serbiya havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring