Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng arzon va qimmat go‘sht qaysi bozorlarda sotiladi?

O‘zbekistonda eng arzon va qimmat go‘sht qaysi bozorlarda sotiladi?

Foto:«Xalq so‘zi»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 28-aprel holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan– 40 000 so‘mgacha

Eng arzon narx «Farhod» dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryoda Qarshi shahar markaziy dehqon bozorida, Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida qayd etilgan – 30000 – 40000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 44 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun «Farhod» dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 44000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20000 so‘m.

Guruch

3 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozoridakuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi «Farhod» dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narxham poyxtaxtda «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning «Qo‘yliq» dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un «Mirobod» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida va Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan – 4 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi «Farhod», «Yunusobod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 so‘mgacha.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring