Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ish haqi eng yuqori bo‘lgan sohalar «TOP-5»ligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ish haqi eng yuqori bo‘lgan sohalar «TOP-5»ligi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Ekspertlar «OLX Ish» sahifasida ish izlovchilar uchun takliflarni tahlil qilib, O‘zbekistonda kimlarning mehnati uchun eng ko‘p ish haqi to‘lanishini aniqladi, deb xabar bermoqda «UZ24».

Iyul oyi uchun eng yuqori ish haqi oladiganlar o‘rtasida «TOP-5»talikka ko‘chmas mulk agentlari, marketing, reklama va dizayn sohasi vakillari, shuningdek, quruvchilar kirdi. Reytingning eng yuqori pog‘onasini oylik ish haqi o‘rtacha 2,1 mln so‘m deb baholangan rieltorlar egalladi.

Eng yuqori ish haqi to‘lanadigan sohalar va o‘rtacha ish haqi:

  • Ko‘chmas mulk — 2 121 700 so‘m
  • Marketing/reklama/dizayn — 1 815 400 so‘m
  • Qurilish — 1 732 900 so‘m
  • Transport/logistika — 1 635 000 so‘m
  • Go‘zallik/fitnes/sport — 1 600 800 so‘m

Eng kam ish haqi — qo‘riqlash va xavfsizlik sohasi va uy-ro‘zg‘or ishi xodimlari vakillariga tegishli ekanligi aniqlandi. Ushbu sohalarda ish haqi O‘zbekistonda o‘rtacha nafaqa miqdori bilan tenglashtiriladi.

«OLX Ish» sahifasi tahlilchilari, shuningdek, O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ham ma’lumotlarni o‘rganishdi. Eng yuqori ish haqi Namangan viloyatida bo‘lib, uning miqdori 1,5 mln so‘mdan ortiqroq. Eng kam ish haqi Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona viloyatida bo‘lib, uning miqdori 975 ming so‘m atrofida.

O‘rtacha ish haqi bo‘yicha viloyatlar beshligi:

  1. Namangan viloyati — 1 530 900 so‘m
  2. Samarqand viloyati — 1 524 600 so‘m
  3. Toshkent viloyati — 1 507 700 so‘m
  4. Surxondaryo viloyati — 1 416 400 so‘m
  5. Xorazm viloyati — 1 345 200 so‘m

Agar alohida ish o‘rinlari bo‘yicha qarab chiqilsa, 2018-yilning iyul oyi bo‘yicha eng yuqori ish haqi xususiy bolalar bog‘chasi mudiri lavozimi va go‘zallik saloni masteriga taklif qilingan — oyiga 15 mln so‘m. Ish haqi bo‘yicha yetakchilarning uchligiga fasadga ishlov beruvchi (fasadchi), eshik ishlab chiqarish ustasi va menejerlar kiradi — oyiga 10 mln so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring