Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda sun’iy yo‘l bilan farzand ko‘rishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda sun’iy yo‘l bilan farzand ko‘rishga ruxsat berilishi mumkin

Foto: «Zitawest.com»

2019-yil 7-yanvarda yurtimizda demografik holatni yaxshilashga qaratilgan  «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi parlament quyi palatasiga taqdim etildi. Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Loyihaning asosiy yangiligi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ayollar va erkaklar bepushtligiga barham berish, shuningdek, O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirish (EKO) va kasallangan tuxum hujayralarini olib tashlash orqali sog‘lom genofondni shakllantirish kabi xorijiy mamlakatlarda bolalar tug‘ilishida keng qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion yondashuvlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashni ko‘zda tutmoqda.

Deputatlar ham ushbu loyihani ma’qullagani aytilmoqda. Qator xalqaro ekspertlar tahlillariga ko‘ra, dunyoda reproduktiv yoshdagi juftliklarning o‘rtacha hisobda 10-15 foizi bepushtlikdan aziyat chekadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan turli tadqiqotlar natijasiga binoan, oila qurgan ayollar orasida birlamchi bepushtlik 4,9-5,3 foizgacha yetadi.

Hozirgi vaqtda qonun loyihasi uning konseptual qoidalarini muhokama qilish maqsadida parlament quyi palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Qonun loyihasini takomillashtirish jarayoni hamda muhokamalar natijalariga ko‘ra, qonun loyihasi mualliflari uning ayrim qoidalarini chiqarib tashlashga qaror qilishgan. Xususan, mas’ul qo‘mita tomonidan surrogat onalik, embrion donorlik singari qo‘shimcha reproduktiv texnologiyalarning zamonaviy turlarini qonun loyihasida aks ettirishga hali ertaligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring