Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha yangi institutlar tashkil etiladi

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha yangi institutlar tashkil etiladi

Foto: «Shanghai Street Stories»

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi «Tourism brand Ambassador of Uzbekistan» (O‘zbekistonning turizm bo‘yicha elchilari) institutini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan ichki va tashqi turizmga oid tadbirlar rejasi ishlab chiqilyapti. Shuningdek, O‘zbekistonning sayyohlik brendi va hududlarning sayyohlik sub-brendlari tuziladi.

Buning uchun bir qator yangi institutlar, jumladan, turizm sohasida «Milliy PR-markaz», chet ellarda «turizm elchilari» institutlari tashkil etiladi. Turizm elchilari sifatida xorijiy mamlakatlarda nom qozongan siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doira vakillari tayinlanishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring