Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasi o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasi o‘tkazilmoqda

Foto:Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab «Huquqingni bil va talab qil» aksiyasi o‘tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati. 

Tadbirlarda joylardagi Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ham faol qatnashib kelmoqda.

Aksiya doirasida aholiga o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy yo‘l bilan talab qilish targ‘ib etiladi. Tadbirlar manzilli va aqlli targ‘ibot prinsiplari asosida amalga oshirilyapti.

Xususan, Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi «Kalovat», «Ziyokor», «Kumushkon», «Arabxona»,«Yuqori bug‘», «Yangiobod» MFYlarida DXA viloyat boshqarmasi mutaxassislari, Karmana DXM xodimlari, tuman FHDYo bo‘limi vakillari hamkorligida «Huquqingni bila va talab qil» aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Foto:Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Mazkur mahallalarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk  huquqini e’tirof etish bo‘yicha 16 ta arizalar qabul qilindi. 6 nafar fuqaroga kadastr hujjatlari topshirildi. Bundan tashqari, 12 nafar fuqaroning tug‘ilish guvohnomasi olmaganlik holati aniqlanib, ularga tug‘ilish guvohnomalari rasmiylashtirilib berildi. Shuningdek, mazkur hududlarda istiqomad qilayotgan 4 nafar fuqaroga yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalari ham topshirildi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari esa, belgilangan grafik asosida, ta’lim muassasalarida bola huquqlari mavzusida davra suhbatlari va seminarlar tashkil etililib, bepul huquqiy maslahat berildi. Masalan, mazkur tadbirlar Samarqand shahar Yengil-sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, Narpay tumani Oqtosh qurilish xo‘jalik kasb-hunar kolleji va boshqa o‘quv muassasalarda o‘tkazildi.

#huquqingnibilvatalabqil aksiyasini o‘tkazishdan asosiy maqsad — aholiga o‘z huquqlarini talab qilish orqali qonunlarning ishlashiga hissa qo‘shishlari mumkinligini tushuntirish, bu esa huquqiy jamiyat qurish va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlashdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring