Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan quyma oltin olib chiqish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistondan quyma oltin olib chiqish tartibi soddalashtiriladi

Foto: «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, xorijiy ijodiy guruhlarga respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risidagi foto va videomateriallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalarni berish tartibini ko‘zda tutadigan Hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi.

Shuningdek, 2018-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida «Qarshi» xalqaro aeroportini «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning tarkibidan chiqarib, xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berish, aeroport hududida «Ochiq osmon» rejimini, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilishni nazarda tutuvchi «Qarshi» xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi tayyorlanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oltin buyumlar hamda belgilangan tartibda tayyorlangan o‘lchovli yombilar xorijiy turistlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi tartibining soddalashtirilishini nazarda tutadigan Hukumat qarori loyihasi ham tayyorlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring