Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassis Braziliya – Meksika o‘yiniga komissarlik qiladi

O‘zbekistonlik mutaxassis Braziliya – Meksika o‘yiniga komissarlik qiladi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan 4ta o‘yinda komissar sifatida ishlagan edi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

U shu vaqtga qadar Kosta-Rika – Serbiya, Daniya – Avstraliya, Rossiya – Urugvay va Senegal – Kolumbiya uchrashuvlarida ishlagandi.

Endi Olim Arifovga 1/8 finaldan o‘rin olgan Braziliya – Meksika o‘yini ham ishonib topshirildi.

JCh-2018 1/8 finaldan o‘rin olgan Braziliya – Meksika o‘rtasidagi uchrashuv 2-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring