O‘zbekistonliklar o‘tgan yili 3,4 mln dona telefon import qilgan
O‘zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 240,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,4 mln dona mobil telefon import qilingan.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mobil telefonlar importi 2022-yil bilan solishtirilganda 476 mingtaga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yil mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 3,1 mln dona
- Vetnam – 276,8 ming dona
- Hindiston – 37,2 ming dona
- BAA – 7,8 ming dona
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter