O‘zbekistonning JCh-2026 dagi raqibi turnirdan chetlashtirilishi mumkin
Endryu Juliani.
Jahon chempionati final bosqichi «K» guruhida O‘zbekiston, Portugaliya va Kolumbiya bilan birga joy olgan Kongo DR terma jamoasining mundialdagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi.
Bunga mamlakatda Ebola bezgagi tarqalgani sabab bo‘lmoqda. AQSh rasmiy vakili Endryu Juliani ESPN nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, kongolik futbolchilar ayni paytda mashg‘ulot o‘tkazayotgan Belgiya hududida 21 kunlik majburiy karantindan o‘tishlari shart. Aks holda, kasallik tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgani sababli ushbu terma jamoaning AQSh hududiga kirishiga ruxsat berilmaydi.
Juliani qo‘shimcha qilishicha, amerikalik tashkilotchilar Jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlarining sog‘lig‘i hamda xavfsizligi masalasiga juda jiddiy qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 ga 11-iyun kuni Mexiko shahridagi afsonaviy «Atsteka» (Estadio Azteca) stadionida start beriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter