Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi tayinlandi

Botirjon Asadov O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Rossiya TIV axborot xizmati xabar berdi.

8-oktabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, stats-sekretar Grigoriy Karasin O‘zbekistonning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

Tomonlar RF prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalasini ham muhokama qilishgan.

Botirjon Asadov 2018-yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi maslahatchisi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi avvalgi elchisi Bahrom Ashrafxonov sentyabr oyida Alisher Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring