Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor: Xavi Barselonaga qaytmoqda

O‘zi ketar yor-yor, o‘zi kelar yor-yor: Xavi Barselonaga qaytmoqda

Xavi Ernandes «Barselona» formasida

Foto: «Ssportbox.ru»

Bugungi kunda Qatarning «As-Sadd» klubida faoliyat yurituvchi «Barselona» afsonasi Xavi o‘zining jonajon shahriga qaytmoqda. Faqat futbolchi sifatida emas!

Gap shundaki, yarim himoyachi shu yilning yozida Osiyodagi ishlarini yakunlab, Barselona shahrida faoliyat yurituvchi «Vila Olimpika» futbol maktabida sport direktori lavozimini egallaydi.

Maktab matbuot xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, Xavi ikki yil davomida klub sport direktori sifatida ishlaydi. Rahbariyat u bilan allaqachon kelishuvga erishgan. Xavi Qatardagi faoliyatini 2018-yilning 30-iyunida yakunlaydi va Barselonaga qaytib, yangi joyida ish boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring