Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zLiDeP» Samarqandda fuqaroga arzon uy-joy olib berdi

«O‘zLiDeP» Samarqandda fuqaroga arzon uy-joy olib berdi

Joriy yil 27-yanvar kuni «O‘zLiDeP» Payariq tuman Kengashi tomonidan «G‘allakor» MFY hududidagi Xalqobod xizmat ko‘rsatish va servis kollejida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda «Ko‘lto‘sin» MFYga qarashli «O‘rtato‘sin» qishlog‘ida yashovchi 70 yoshli Zarbuvi ayaning arzi ko‘pchilikning diqqatini tortgan edi. Onaxon 1984 yilda tug‘ilgan, bolalikdan nogiron Dilnoza Hamdamovaning nogironlik aravachasi foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolganidan shikoyat qilgandi.

«Otasining vafotiga ham 4 yil bo‘ldi. Hozir o‘g‘limning qaramog‘ida yashayapmiz. O‘zim qarib qoldim, ishlashga kuchim yetmaydi. Qizim nogironlik aravachasiga muhtoj, shunga amaliy yordam berishingizni so‘rayman», degan edi onaxon o‘sha sayyor qabulda.

Mazkur masalani hal etish borasida xalq deputatlari tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan Payariq tuman xokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovga javoban, partiya viloyat kengashiga Payariq tuman xokimligi tomonidan D.Hamdamovaga tuman sog‘liqni saqlash birlashmasiga qarashli ijtimoiy yordam bo‘limi nogironlik aravachasi berilganligi haqida javob xati keldi.

Xatda shuningdek, Dilnoza Hamdamova 2019-yil dasturiga ko‘ra, tumanda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarni oluvchilar ro‘yxatiga qo‘yilganligi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring