Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afgʻon talabalari Oʻzbekistonda (video)

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekistondagi eng qadimiy va yirik oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Bu muassasa 1918-yil 12-mayda Turkiston xalq universiteti nomi ostida 12 ming talaba bilan tashkil etilgan.

Universitet O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston milliy uneversiteti nomini oldi va hozirda tuli yo‘nalishlarda 16 ta fakultetda 33 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Jumladan, oliygohda 305 ta xorijilik talabalar ham ta’lim olib, ulardan 7 nafari afg‘onistonlik. Ular O‘zbekiston hukumati ko‘magida mamlakatda oliy ta’lim olayotgan bo‘lajak jurnalistlardir.

O‘zMU prorektori Rahima Shirinova afg‘on talabalarining universitet tadbirlaridagi faol ishtiroki haqida so‘zlar ekan, afg‘on xalqining madaniyati va san’atini alohida e’tirof etadi.

«Milliy universitetga xorijiy talabalarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar natijasi o‘laroq, mana, ikki yildan buyon afg‘on talabalari jurnalistika fakultetimizda tahsil olib kelishmoqda. Ular haqida shu narsani aytishim mumkinki, ularning, ayniqsa, san’atga, madaniyatga bo‘lgan qiziqishi o‘zgacha. Bu universitetning xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil qilinadigan turli tadbirlarda ham bilinadi.

Masalan, o‘tgan o‘quv yili yakunida barcha xorijlik talabalar bilan birga o‘z xalqlari madaniyati, san’ati va milliy taomlari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi. O‘sha tadbirda, ayniqsa, mana shu afg‘on talabalarimizning chiqishlari – afg‘oncha qo‘shiqlar, raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirgan edi.

O‘ylaymanki, bundan keyin ham afg‘onistonlik talabalarimiz O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ladigan barcha tadbirlarda hamda o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishadi va ular safining kengayishidan ham faqat xursand bo‘lamiz», – professor Rahima Shirinova.

O‘zMU Jurnalistika fakulteti dekani o‘rinbosari Ramzidin Abdusattorov esa talabalarning ta’lim dargohidagi hayoti va darslarni o‘zlashtirishini yuqori baholaydi.

«Men dastlab ularning darslarimizni o‘zlashtirib ketishi qiyin kechsa kerak, deb o‘ylaganman. Chunki o‘zbek tilini yaxshi bilishmas edi. Ammo bugun ularning har biri o‘sha xavotirlarimni aritgan: tilni o‘rganishdi, darslarga intilishi bilan tengdoshlariga o‘rnak.

Ularga mening o‘zim ham dars berganman. Ular zamonaviy-milliy jurnalistikani tashqi va ichki siyosatlar misolida yaxshi tahlil qiladilar», – deydi dekan o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring