Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov «Telegram»ning bloklanishi bo‘yicha izoh berdi

Peskov «Telegram»ning bloklanishi bo‘yicha izoh berdi

Foto: «RIA NOVOSTI»

«Roskomnadzor» idorasi «Telegram» tomonidan shifrlash kalitlari berilmagani uchun messenjer axborot resurslariga kirishni cheklash bo‘yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 6-aprel kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov mazkur ish yuzasidan izoh berdi.

«To‘g‘ri, biz «Telegram»dan foydalanamiz, masalan, jurnalistlar bilan muloqotda. Agar mazkur ishda kelishuv yo‘li topilmasa juda achinarli holat bo‘ladi. Ammo qonun — qonun, agar unga bo‘ysunilmasa, biz muqobil variantlarni izlashga majburmiz», — deya Peskovning so‘zlarini keltirmoqda «RIA Novosti».

«Telegram» yuristlari mazkur ish bo‘yicha kompaniyaning pozitsiyasi avvalgidek ekanligini ma’lum qilishgan. Messenjer ma’muriyati talabni «noqonuniy» va «texnik jihatdan ham bajarib bo‘lmas talab» deb atashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring