Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poyezd tagiga o‘zini tashlagan hindistonlik omon qoldi (video)

Poyezd tagiga o‘zini tashlagan hindistonlik omon qoldi (video)

Foto: life-with-dream.org

Hindiston g‘arbidagi temir yo‘l stansiyasi xodimi ko‘pchilik yo‘lovchilar va boshqa ishchilar ko‘z o‘ngida o‘zini poyezd tagiga tashladi va omon qoldi. Uning bu harakati kameralarga tushib qoldi.

Kerla stansiyasiga poyezd kirib kelayotganida 42 yoshli Vishvas Bansode yugurib borib relslar orasiga yotib oldi. Yo‘lovchilar hayajondan qichqirib yuborishdi, uning shu tarzda o‘z joniga qasd qilishiga deyarli hammaning ishonchi komil edi. Ammo hech kim unga yordam bera olmadi, chunki poyezd juda yaqin kelib qolgandi. Poyezd o‘tib ketganidan keyin, hamma dahshatli holatni kutib turgan bir paytda, erkak xotirjam o‘rnidan turdi va chetga chiqdi. 

Uni jiyani olib ketdi, keyinchalik Vishvas o‘sha paytda mast bo‘lgani aniqlandi. Hozirda unga nisbatan qanday chora ko‘rilishi ma’lum emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring