Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesuyela prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Venesuyela prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Foto: «AA.com»

Venesuyela prezidenti Nikolas Maduroga Milliy Bolivar gvaridyasining tuzilganining 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda suiqasd uyushtirildi. Maduro nutq so‘zlayotan vaqtda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning xabar qilishicha, Maduro turgan minbar tomon portlovchi modda o‘rnatilgan bir nechta uchuvchisiz uchadigan qurilmalar yo‘naltirilgan. Yetti nafar gvardiyachi tan jarohati olgan.

Suiqasdda o‘ng muxolifatni hamda Kolumbiyadagi muxolifatchilar va qo‘shni davlat prezidenti Xuan Manuel Santosni ayblangan.

Maduroga nisbatan uyushtirilgan suiqasd uchun javobgarlikni 2018-yil yanvarda maxsus operatsiya chog‘ida yo‘q qilingan isyonchi politsiyachi Oskar Peres bilan aloqador bo‘lgan «Flanel askarlar» yashirin guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring