Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident quyosh energiyasiga oid qarorga imzo chekdi

Prezident quyosh energiyasiga oid qarorga imzo chekdi

Foto: «Uz24.uz»

Shu yilning 28-aprel kuni «Qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar tarqatdi.

Qarorga ko‘ra, «SkyPower Global» xorijiy kompaniyasi yurtimizda umumiy qiymati 1,3 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan fotoelektr quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ob’yektlarni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va foydalanish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi.

Shunga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati hokimliklariga ushbu loyihani amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratish vazifasi topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring