Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yig‘ilishi: majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi

Prezident yig‘ilishi: majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishning eng muhim jihatlarini e’tiboringizga havola qilamiz:

- Keyingi ikki yilda 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga yetdi. Ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan bo‘limlar, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.

- 2018-yilda tibbiyot sohasiga davlat budjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz ko‘p mablag‘ ajratildi. Kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.

- Joriy yilning o‘tgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

- Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnika bazasi va malakali kadrlar bilan ta’minlanish darajasi talabga javob bermaydi. Oqibatda hududlardagi bemorlar katta mablag‘ sarflab, Toshkent shahriga kelishga yoki chet davlatlarga borishga majbur bo‘lmoqda.

- 2018-yilning o‘tgan davrida gepatit, o‘pka sili bilan kasallanish soni respublika bo‘yicha 20 foizgacha kamaygan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida kamaymagan.

- Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda “tibbiyot xab”larini barpo etish bo‘yicha vazifalar topshirildi.

- Kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida me’yordan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori.

- Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2025-yilgacha sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya loyihasini puxta ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

- Sohani moliyalashtirishning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, koyka-o‘rinlar soniga qarab moliyalashtirib kelinayotgani qayd etildi.

- Bugungi zamon talablari va xorij tajribasidan kelib chiqib, sinov tariqasida mamlakatimizning 14 ta hududida bittadan tibbiyot birlashmasini aholi jon boshiga va statsionar sharoitda davolanganlar soniga qarab moliyalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

- 2021-yildan boshlab yurtimizda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etiladi.

- Bunda Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlari ishlab chiqiladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring