Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida farzandini 6 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga tushdi. Unga qanday jazo berildi?

Qarshida farzandini 6 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga tushdi. Unga qanday jazo berildi?

Foto: «SakhaPress.ru»

«Olga Petrova qizi Alyonadan ko‘ra nabirasini ko‘proq yaxshi ko‘radi. Endi olti yoshga to‘lgan qizaloq bilan kuni bo‘yi andarmon bo‘lib, vaqt qanday o‘tganini ham sezmay qoladi. «O‘rigidan mag‘izi shirin», deb bejiz aytishmas ekan-da. Ammo so‘nggi paytlarda Alyona qizini turtkilaydigan, jerkiydigan odat chiqardi. Bunday bejo harakatlari yetmaganday, telefonda kimlar bilandir uzoq gaplashar, asabiylashar edi. Buni sezgan onaning ko‘ngli notinch, kimlar bilandir telefonda gaplashib, nimalarnidir savdolashgan qizining harakatlari uni xavotirga solardi», — deb yozadi O‘zA.

Xabarda aytilishicha, bir kuni hamma uyda jamuljam o‘tirganida Alyonaning qo‘l telefoni jiringlaydi. U telefonda gaplashib, qizining kiyimlarini almashtirib, ko‘chaga yo‘l oladi. Oradan ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlari bilan qaytib keladi. Ma’lum bo‘lishicha, Alyona Ivanova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘z qizini 6 million so‘mga pullamoqchi bo‘lganda qo‘lga tushgan.

Hayotga yengil qaraydigan, farzandini komil inson qilib tarbiyalash o‘rniga, uni mo‘may pulga alishmoqchi bo‘lgan bu ayolning qilmishiga pushaymonligi mazkur jinoyat ishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan sud majlisida e’tiborga olindi. Uning yashash va oilaviy sharoiti o‘rganilib, unga qilmishidan xulosa chiqarish uchun yana bir bor imkoniyat berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring