Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda «Kaptiva»ni to‘xtatgan YHXB xodimlari kaltaklandi

Qashqadaryoda «Kaptiva»ni to‘xtatgan YHXB xodimlari kaltaklandi

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 2018-yilning 12-oktyabr kuni viloyat YHXB xodimi leytenant N.X. hamda serjant R.D.lar O‘zbekiston ko‘chasida xizmat olib borishayotgan edi.

Xizmat vaqtida serjant R.D. shu ko‘chadan harakatlanib kelayotgan «Zafar» MFYda yashovchi M.I. boshqaruvidagi «Kaptiva» rusumli avtomashinasini to‘xtatib, avtomashinaning yon tomon oynalariga qora rangli parda o‘rnatganligi sababli haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘ladi. Haydovchi va avtomashina yo‘lovchilari X.T., Sh.I. (ismli ayol) hamda F.E.lar xizmatdagi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning yuzi, qo‘li va bo‘yin qismlariga urib, tan jarohati yetkazishadi. Qolaversa, serjant R.D.ning cho‘ntagidagi «Samsung» rusumidagi mobil telefoni va haydovchi M.I.ga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnomani olib, voqea joyidan ketib qoladilar.

Natijada xodimlarga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra,  holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring