Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda yana eshak so‘yildi

Qashqadaryoda yana eshak so‘yildi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Arabxona mahallasidagi xonadonda eshaklar so‘yilmoqda. Bu haqda «Nasafnews» xabar tarqatgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 1 iyul kuni soat taxminan 15.00 lar chamasida Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi T. Sh.ning uyida jiyani B.L. 5 ta eshakni so‘ygani aniqlangan.

Eshak go‘shtlari tuman veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan va tegishli xulosaga asosan go‘sht mahsulotlari yo‘q qilingan.

Koson tumani IIB tomonidan fuqaro B.L.ga nisbatan MJtKning 111-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kitob tumanida eshak so‘yib, go‘shtini sotganlar aniqlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring