Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar tor-mor etildi. O‘zbekiston OTJ muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Qatar tor-mor etildi. O‘zbekiston OTJ muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Foto: «ufa.uz»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan ikkinchi o‘yinda Qatar olimpiyachilarini yirik hisobda mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Uchrashuv to‘laligicha terma jamoamiz a’zolari ustunligi ostida o‘tdi. 37-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Ikrom Aliboyev jarimadan ajoyib gol kiritib, hisobni 2:0ga yetkazdi.

Birinchi bo‘lim 2:0 hisobida vakillarimizning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan futbolchilarimiz tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Doston Hamdamov 47-daqiqada raqibni chiroyli tarzda aldab, Qatar darvozasini ishg‘ol qildi – 3:0. 49-daqiqada Javohir Sidiqov bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan to‘pni yo‘llab hisobni 4:0ga yetkazgan bo‘lsa, 53-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng, penaltidan gol kiritdi va hisob 5:0ga yetdi.

76-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Bobur Abduxoliqov Qatar darvozasiga gol kiritib, yakuniy hisob 6:0 bo‘lishini ta’minladi.

Ushbu g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim qildi. Keyingi uchrashuvni vakillarimiz Tailand terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Osiyo o‘yinlari. Qatar OTJ — O‘zbekiston OTJ — 0:6

Gol: Z.O‘rinboyev (37), I.Aliboyev (43), D.Hamdamov (47), J.Sidiqov (49), J.Masharipov (53), B.Abduxoliqov (76)

Qatar OTJ: M.Badriddin, T.Salmon, U.Alimadiy, T.Almuhaza, A.Hesaba, M. Al Shammariy, N.Al nasr,J.Omar, M.Faraj, A.Al Saadiy, O. Al Ahmad.

O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov (Doniyor Narzullayev, 55), Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Ikrom Aliboyev, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov (Jasurbek Yaxshiboyev, 76), Jaloliddin Masharipov, Zabihullo O‘rinboyev (B.Abduxoliqov, 60).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ dastlabki o‘yinda Zabihullo O‘rinboyev, Doston Hamdamov va Ikrom Aliboyevning gollari hisobiga Bangladesh OTJni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring