Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Qish, kechasi 14 «gradus» sovuq, suvi yo‘q, gazi yo‘q, tomidan chakka tomyapti. Bu kimga yoqadi?»

Prezident: «Qish, kechasi 14 «gradus» sovuq, suvi yo‘q, gazi yo‘q, tomidan chakka tomyapti. Bu kimga yoqadi?»

Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga murojaati chog‘ida Toshkent shahar tuman Kengashlariga o‘tkazilgan saylovlarning ahamiyati haqida to‘xtaldi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har bir tuman ijro organlari ustidan xalq saylagan vakillar — deputatlar nazorati bo‘lishi lozim.

«Biz Konstitutsiyani nima uchun o‘zgartirdik? Nima uchun hech kim indamas ekan deb, Toshkentning taqdirini shahar hokimiyatida o‘tirvolib 50 kishi hal qilishi kerak? Bu noto‘g‘ri. Bektemir tumanining muammosi boshqa, Shayxontohurniki boshqa, Olmazorniki boshqa, Chilonzorniki mutlaqo boshqa. Mana biz televizorlarda ko‘rsatyapmiz,  qish, kechasi 14 «gradus» sovuq, suvi yo‘q, gazi yo‘q, issig‘i yo‘q, tomidan chakka tomyapti. Bu kimga yoqadi? Ba’zilar aytadi ko‘rsatmanglar deb. Har safar ko‘rsatish kerak. Odamlarimiz hamma haqiqatni bilishi kerak.

Joylarda ijro hokimiyati rahbarlari ega bo‘lishi kerak. Hamma narsaga javob beradigan vaqt-soat keldi. Kabinetda o‘tirib, majlis qiladigan zamon tugab bo‘ldi», — dedi Mirziyoyev.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring